Bugun 7 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Rossiya TIV xorijiy diplomatik missiyalarga xodimlarni evakuasiya qilish chaqirig‘i bilan nota yubordi

Rossiya TIV xorijiy diplomatik missiyalarga xodimlarni evakuasiya qilish chaqirig‘i bilan nota yubordi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi barcha akkreditasiyadan o‘tgan xorijiy diplomatik missiyalar va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalariga nota yuborilganini ma’lum qildi. Unda Kiyevning 9 may kuni Moskvaga zarba berish “tahdidlari” munosabati bilan, diplomatik vakolatxonalar xodimlarini Kiyevdan oldindan evakuasiya qilishni ta’minlash so‘ralgan.

Rossiya tashqi siyosat idorasi bayonotiga ko‘ra, bunday holatda Kiyevga nisbatan muqarrar ravishda javob zarbasi beriladi.

"Rossiya TIV Rossiya Qurolli kuchlari tomonidan Kiyevga, jumladan, qaror qabul qilish markazlariga nisbatan javob zarbasi berilishi muqarrarligi munosabati bilan, diplomatik va boshqa vakolatxonalar xodimlari, shuningdek, fuqarolarning Kiyev shahridan oldindan evakuasiya qilinishini ta’minlashga qat’iy chaqiradi", — deyiladi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning vazirlik saytida e’lon qilingan sharhida.

Kiritildi: Bugun 13:57. O'qildi: 498 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!