Rossiya Tashqi ishlar vazirligi xorijiy diplomatik missiyalarga maxsus nota yuborib, Kiyevni tark etishni tavsiya qildi.
Ma’lum qilinishicha, G‘alaba kuni munosabati bilan Ukraina poytaxtiga raketa hujumlari bo‘lishi ehtimoli sabab diplomatlar va xodimlarni zudlik bilan evakuasiya qilish so‘ralgan.
Hozircha Ukraina tomoni ushbu xabar yuzasidan rasmiy munosabat bildirmagan.