Markaz ochilgan — 17 martdan boshlab 1 iyunga qadar u yerga yarim millionga yaqin mahalliy va xorijiy mehmonlar tashrif buyurdi. Kunlik keluvchilar soni o‘rtacha 6 ming nafarni tashkil etmoqda, deyiladi Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan taqdimotda.
Undan tashqari, Markazda konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari, mahorat darslari va kitob taqdimotlari tashkil etib kelinmoqda. Ushbu tadbirlarga bugunga qadar 5 mingdan ziyod ishtirokchi jalb etilgan.