Kecha, 29 avgust kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universitetida O‘zbekistonning Birinchi Prezidentiga qo‘yilgan xotira barelyefining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur oliy o‘quv yurtini Islom Karimov 1960 yilda tamomlagan.
Bronza barelyefining og‘irligi 700 kg, balandligi 2,5 m, eni 2 m bo‘lib, universitetga kirish joyida o‘rnatilgan.
Barelyef muallifi O‘zbekiston badiiy akademiyasining ijodiy uyushmasi a’zosi, “E’tirof-2015” mukofoti sovrindori, Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan eng yaxshi haykal xalqaro tanlovi laureati Jasvand Annazarov.
Barelyefning tantanali ochilish marosimida Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Odiljon Abdurahmonov ishtirok etdilar.
Manba: qalampir.uz