Bugun 29 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Iroqni qum bo‘roni qopladi

Iroqni qum bo‘roni qopladi

Iroqning markaziy va janubiy qismini qamrab olgan qum bo‘roni oqibatida 1000 dan ortiq odam nafas olish tizimi bilan bog‘liq muammoga duch keldi, deya xabar bergan BBC.

Internetda tarqalgan tasvirlarda quyuq to‘q sariq tuman bilan qoplangan manzarani ko‘rish mumkin. Mahalliy ommaviy axborot vositalari elektr energiyasi uzilgani, qator hududlarda parvozlar to‘xtatilganini ma’lum qildi.

Iroqda chang bo‘roni tez-tez uchrab turadi. Ekspertlar iqlim o‘zgarishi tufayli oxirgi payt bunday holat ko‘payganiga e’tibor qaratgan.

Iroq atrof-muhit vazirligi mamlakatda yana “changli kunlar” bo‘lishidan ogohlantirdi.

Mahalliy sog‘liqni saqlash rasmiysi Mutanna muzofotidagi kasalxonalarda 700 ga yaqin bo‘g‘ilish holati qayd etilganini bildirgan. Najafda 250, Divaniyada 322, Ziqar va Basra viloyatlarida 530 kishi nafas olishga qiynalib, shifoxonaga murojaat qilgan.

Muntazam qum bo‘roni va suv tanqisligiga duch keladigan Iroq BMT tomonidan iqlim o‘zgarishiga nisbatan eng zaif besh mamlakatdan biri sifatida tan olingan.

Kiritildi: 16:12 15.04.2025. O'qildi: 625 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!