Bugun 4 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Iroq terma jamoasi a’zosi "Paxtakor" futbolchisiga aylandi

Iroq terma jamoasi a’zosi "Paxtakor" futbolchisiga aylandi

"Paxtakor" klubi Iroq terma jamoasining 30 yoshli hujumchisi Ayman Hussayn bilan shartnoma imzoladi.

Iroqlik futbolchi va "sherlar" o‘rtasida mavsum oxirigacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekildi. Ayman yaqinda bo‘lib o‘tgan Jahon Kubogida Iroq terma jamoasining yagona goliga mualliflik qildi.

Faoliyatida davomida u Iroqning "Duxok", "Naft", "Shorta", "Al Quva Javiya", "Karma", Tunisning "Sfaksiyen", Qatarning "Umm Salal", "Markiya", "Al Xor", "Al Vakra", BAAning "Al Jazira" va Marokashning "Raja Atletik" klublari safida o‘ynagan. Klublari safida chempionat o‘yinlarida 120 gol urgan. Iroq terma jamoasi tarkibida 34 to‘p kiritgan. U Olimpiya o‘yinlari va Jahon Kubogi final bosqichida gol urishga erishgan.

Kiritildi: Bugun 07:30. O'qildi: 497 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!