Bugun 3 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Rossiyaning sanksiya ostidagi kemasi Maliga harbiy texnika yetkazib berdi

Rossiyaning sanksiya ostidagi kemasi Maliga harbiy texnika yetkazib berdi

​Rossiyaning 2024 yilda AQSh sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilgan "Mixail Britnev" yuk kemasi iyul boshida Togoning Lome portiga harbiy texnika yetkazib berdi. Bu texnika keyinroq Mali poytaxti Bamakoga o‘tkazilgan.

​Jurnalistlarning aniqlashicha, suzish vositasi 18 iyun kuni Rossiyaning Baltiysk portidan chiqib, 9 iyul kuni Lome portiga yetib kelgan. Yo‘l davomida kema o‘z joylashuvini aniqlash imkonini beruvchi transponderlarni o‘chirib qo‘ygan.

​25 iyul kuni Mali davlat televideniyesi Bamakoga yetib kelgan katta sondagi bronetexnika kolonnasini namoyish etdi. Yo‘ldoshdan olingan tasvirlar "Mixail Britnev" ushbu kolonnada ko‘ringan yuk mashinalari, bronetransportyorlar va yengil piyodalar jangovar mashinalarini tashiganini ko‘rsatadi.

​Malida 2021 yilgi to‘ntarish natijasida hokimiyatga kelgan harbiy hukumat mamlakat shimolida o‘z davlatini tuzishga urinayotgan tuareg isyonchi guruhlariga qarshi qurolli kurash olib bormoqda. Moskva 2022 yildan buyon Mali harbiy hukumatini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda va buning evaziga moliyaviy to‘lovlar hamda oltin konlariga ustuvor foydalanish huquqini olmoqda.

Kiritildi: Bugun 15:03. O'qildi: 932 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!