Bugun 4 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Meksikada boshi uchun 5 mln dollar va’da qilingan narkobaron qo‘lga olindi

Meksikada boshi uchun 5 mln dollar va’da qilingan narkobaron qo‘lga olindi

Meksikada “Kartel de los Rees” jinoiy guruhining rahbari Alfonso Fernandes Magalyon ushlandi. Jinoiy olamda “Poncho La Kiringua” nomi bilan tanilgan ushbu shaxs uchun AQSh 5 million dollar mukofot e’lon qilgandi. Bu haqda Meksika xavfsizlik vaziri Omar Garsiya Arfuch ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, hibsga olish tadbiri Meksikaning Michoakan shtatining Imbarakuaro qishlog‘ida o‘tdi. Bu Magalyonning o‘z jinoiy faoliyatini olib borgan hudud hisoblangan. Amaliyotda armiya va Milliy gvardiya boshchiligidagi federal kuchlar, dengiz floti, Bosh prokuratura hamda shtat polisiyasi qatnashgan.

Narkobaronning ushlanishi guruh a’zolarining keskin qarshiligiga sabab bo‘ldi. Ular hibsga olinganlarni olib ketishga xalaqit berish uchun yo‘llarni avtomobillar bilan to‘sib, mashinalarga o‘t qo‘ydi.

Fernandes Magalyon avtomobil o‘g‘irlash, tovlamachilik va narkotik savdosida ham ayblanmoqda. Unga nisbatan AQSh Milliy xavfsizlik boshqarmasi ham tergov olib bormoqda. U bilan birga yana ikki kishi — Martin Silva Osorno va Federiko Plasensiya Mendosu ham qo‘lga olingan. Ulardan giyohvand moddalar, qurol va o‘q-dorilar musodara qilingan.

Ushlanganlar Meksika Havo kuchlari vertolyotida poytaxtga olib ketilgan va Bosh prokuraturaga topshirilgan. Fernandes Magalyon “El Abuyelo” (Bobo) laqabli Xuan Xose Farias Alvaresning ishonchli odami sanaladi. Tepalkatepek karteliga rahbarlik qiluvchi ushbu shaxs uchun ham AQSh 10 mln dollar va’da qilgan.

Kiritildi: 13:13 03.08.2026. O'qildi: 996 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!