The Telegraph nashrining yozishicha, Britaniya bosh vaziri Endi Bernem e’tiborini ichki muammolarga qaratgan, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron esa 2027 yilgi saylovlarda qayta ishtirok eta olmaydi.
Shu bois Yevropada yetakchilik bo‘shlig‘i yuzaga kelishi mumkinligi haqida xavotirlar bildirilmoqda.
Muallif fikricha, Germaniya kansleri Fridrix Mers yetakchilikni o‘z zimmasiga olishi mumkin. Biroq Germaniyadagi ichki siyosiy vaziyat hali ham barqaror emas.
"Xohlovchilar koalisiyasi" Britaniya va Fransiya tashabbusi bilan tuzilgan bo‘lib, unga a’zo davlatlar Ukrainani qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, zarurat tug‘ilsa, ehtimoliy "tinchlikparvar missiya"da ishtirok etishni ko‘zda tutadi.