Iordaniya Davlat xavfsizligi sudi 23 oktyabr kuni El-Karak viloyatidagi pravoslav cherkoviga hujum qilgan uch nafar shaxsni o‘lim jazosiga hukm qildi.
Bu haqda Petra axborot agentligi ma’lum qilgan.
Sud ayblanuvchilarni odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan terrorchilik faoliyatining to‘qqizta epizodi, shuningdek, qurol va o‘q-dorilardan foydalangan holda hujumlar uyushtirish, qurolli teraktlarga tayyorgarlik ko‘rish hamda terrorchilik guruhi targ‘ibotini tarqatishda aybdor deb topdi. Hukm qilinganlardan biri terrorchilik faoliyatini moliyalashtirishda ham aybdor deb topilgan.
Hukm ustidan apellyasiya shikoyati berish mumkin. Bundan tashqari, Iordaniya qonunchiligiga muvofiq, u Kassasiya sudida majburiy tartibda ko‘rib chiqilishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, 23 oktyabr kuni Hammud hududidagi Georgiy muqaddas cherkovida marhumlarni xotirlash marosimi vaqtida qurollangan uch nafar shaxs cherkovda bo‘lgan odamlarga qarata o‘q uzgan va voqea joyidan qochib ketgan. Keyinchalik ular kuch ishlatar tuzilmalar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Qurolli hujum oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘lgan, 34 kishi jarohatlangan.