Bugun 25 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Iordaniya bilan viza talablarini bekor qilish to‘g‘risida bitim imzolandi

A A A
Iordaniya bilan viza talablarini bekor qilish to‘g‘risida bitim imzolandi

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan samarali muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn Sheriklik munosabatlarini mustahkamlash to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qildilar.

Umuman, tashrif doirasida 15 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi, jumladan:

- Ekstradisiya to‘g‘risida bitim;

- Investisiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risida bitim;

- Qo‘shma komissiya tuzish to‘g‘risida bitim;

- Viza talablarini bekor qilish to‘g‘risida bitim;

- Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;

- Turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;

- Havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida bayonnoma;

- Tovarlar va transport vositalari harakati to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlarni onlayn almashish to‘g‘risida bayonnoma;

- Qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;

- O‘simliklar karantini va himoyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;

- Veterinariya sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;

- Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida memorandum;

- din ishlari bo‘yicha anglashuv to‘g‘risida idoralararo memorandumlar;

- Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi.

Kiritildi: 15:20 26.08.2025. O'qildi: 1128 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!