Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Investisiya bo‘yicha hokimlar reytingi e’lon qilindi

Investisiya bo‘yicha hokimlar reytingi e’lon qilindi

​O‘zbekistonda investisiya jalb qilish bo‘yicha eng faol hokimlar ro‘yxati e’lon qilindi.

​«Yuksalish» harakati investisiya samaradorligi bo‘yicha mamlakatning eng yetakchi 35 ta tuman va shahar hokimlari reytingini taqdim etdi.

Reyting natijalariga ko‘ra, hududlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalarni jalb qilish va loyihalarni amalga oshirish borasida yuqori ko‘rsatkich qayd etgan rahbarlar aniqlangan.

​Unga ko‘ra, Qobil Xamdamov (Olmaliq shahri hokimi) — 835,2 mln dollar bilan ro‘yxatda mutlaq yetakchilik qilmoqda.

​Ikkinchi o‘rinni Azamat Fayziyev (Nurota tumani hokimi) egalladi — 719,4 mln dollar.

​Anvar Baymuratov (Qorao‘zak tumani hokimi) — 593,2 mln dollar bilan uchinchi pog‘onani yakunlab bergan. ​

Shuningdek, kuchli beshlikdan Xurshid Tohirov (Qorako‘l tumani, 581,3 mln dollar) va Bekzod Madaminov (Qo‘shko‘pir tumani, 580,7 mln dollar) joy olgan. Reytingdan respublikaning turli viloyatlari, jumladan, Navoiy, Andijon, Farg‘ona va Toshkent viloyati tumanlari vakillari o‘rin olgan.

​Ro‘yxatdagi yagona ayol hokim — Olot tumani rahbari Nargiza Ne’matova bo‘lib, u 226,5 mln dollarlik ko‘rsatkich bilan Top-35 talikka kirgan.

​Ro‘yxatning yakuniy pog‘onalarini Otabek Nosirov (Yangiyer shahri), Alisher Abdug‘aniyev (Zomin tumani) va Asadulla Najmiddinov (Yangiqo‘rg‘on tumani) kabi rahbarlar band etgan. ​Ushbu ko‘rsatkichlar hududlarning iqtisodiy salohiyatini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish borasidagi investision muhit naqadar faol ekanini ko‘rsatadi.

Kiritildi: 21:29 04.05.2026. O'qildi: 312 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!