Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Internetda Messi va Argentina terma jamoasini JCH-2026dan chetlatish talab qilingan petisiya paydo bo‘ldi

Internetda Messi va Argentina terma jamoasini JCH-2026dan chetlatish talab qilingan petisiya paydo bo‘ldi

Internet tarmog‘ida Argentina milliy jamoasi va uning sardori Lionel Messini amaldagi Jahon chempionatidan chetlatishni talab qiluvchi petisiya keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, mazkur tashabbusni hozirga qadar 3,5 milliondan ortiq foydalanuvchi qo‘llab-quvvatlagan.

Petisiya mualliflari Argentina milliy jamoasini musobaqadan chetlatish va uning o‘rnini boshqa jamoaga olib berishni talab qilmoqda. Ularning fikricha, FIFA hakamlari ataylab Argentina hamda Lionel Messi foydasiga qarorlar chiqarib, qolgan jamoalarga nisbatan adolatsizlikka yo‘l qo‘ymoqda. Hatto chempionat g‘olibi oldindan belgilab qo‘yilgani haqidagi keskin da’volar ham ilgari surilgan.

"Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 chorak finalida argentinaliklar Shveysariyani 3:1 hisobida mag‘lub etib, musobaqaning yarim finaliga yo‘l olgan edi. O‘sha uchrashuvda Shveysariya hujumchisi Bril Embolo jamoasi gol urganidan bor-yo‘g‘i besh daqiqa o‘tib qizil kartochka olgan va maydonni erta tark etishga majbur bo‘lgandi. Bu vaziyat ham ko‘plab bahslarga sabab bo‘lgan", — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Lionel Skaloni boshchiligidagi Argentina terma jamoasi jahon chempionatining yarim finalida Angliya milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 14:03 13.07.2026. O'qildi: 1079 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!