Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Internet orqali 600 nafar fuqaroni aldagan shaxslar qo‘lga olindi

Internet orqali 600 nafar fuqaroni aldagan shaxslar qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida fuqarolarning ishonchini suiiste’mol qilib, qariyb 1 milliard 32 million so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini o‘zlashtirgan shaxslar qo‘lga olindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Telegram va Instagram ijtimoiy tarmoqlarida «limitlash xizmati» nomi bilan sahifa ochgan shaxslar fuqarolarga mikromoliya tashkilotlari orqali ajratilgan kredit limitlarini naqdlashtirib berishni va’da qilishgan.

Toshkent viloyati IIBB Kiberxavfsizlik xizmati hamda Tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan choralar natijasida Ohangaron tumanida yashovchi 2005 yilda tug‘ilgan B.N. va uning uch nafar sheriklari aniqlanib, qo‘lga olindi.

Gumon qilinuvchilar o‘zlari ro‘yxatdan o‘tkazgan tadbirkorlik sub’ekti orqali onlayn savdo platformalarida faoliyat yuritib, fuqarolardan olingan mablag‘larni aldov yo‘li bilan o‘zlashtirgani ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Sud tomonidan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergov jarayonida fuqarolarga yetkazilgan moddiy zararni undirish choralari ko‘rilmoqda.

Kiritildi: 13:05 09.11.2025. O'qildi: 764 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!