Bugun 20 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

«Inter Mayami» Messi bilan shartnomani uzaytirdi

«Inter Mayami» Messi bilan shartnomani uzaytirdi

«Inter Mayami» o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida video e’lon qildi.

Unda jamoa hujumchisi va sardori Lionel Messi stadiondagi ta’mirlash ishlari fonida hujjatlarni o‘qib, so‘ngra imzolayotgani aks etgan. «Flamingolar» bu postni «U uyda» izohi bilan birga joylashdi.

Avvalroq, OAV 38 yoshli futbolchi 2028 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnomaga imzo chekishi haqida xabar bergan edi.

Kelgusi yilga «Inter Mayami»ning yangi stadioni ochilishi rejalashtirilgan.

Messi «Inter Mayami» tarkibida 2023 yil yozidan beri to‘p suradi. Bu davr mobaynida hujumchi barcha musobaqalarda 82 ta o‘yinda ishtirok etib, 71 ta gol va 37 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

Kiritildi: 23:44 23.10.2025. O'qildi: 1077 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!