Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

"Inter Mayami" klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida "Portu"ni mag‘lubiyatga uchratdi

"Inter Mayami" klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida "Portu"ni mag‘lubiyatga uchratdi

"Inter Mayami" klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichi doirasida "Portu"ni mag‘lub etdi - 2:1. Uchrashuv Atlantadagi "Mercedes-Benz Stadium"da bo‘lib o‘tdi.

Dastlabki golni 8-daqiqada Portugaliya jamoasi forvardi Samu penaltidan kiritdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Telasko Segoviya hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 54-daqiqada Lionel Messi jarima zarbasidan gol urib, MLS klubining ustunligini oshirdi.

"Inter Mayami" ikki o‘yinda 4 ochko jamg‘arib, A guruhi turnir jadvalida qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha peshqadam "Palmeyras" (4) dan keyin ikkinchi o‘rinda bormoqda. "Portu" (1) uchinchi o‘rinda.

24 iyun kuni AQSh jamoasi "Palmeyras"ga qarshi bahs olib borsa, "ajdarlar" "Al Ahli" bilan kuch sinashadi.

Kiritildi: 07:20 20.06.2025. O'qildi: 874 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!