«Inter» Simone Inzagining ketishini e’lon qildi.
Milan klubining xabar berishicha, 49 yoshli mutaxassis bilan shartnoma har ikki tomonning kelishuviga ko‘ra bekor qilindi. Qaror bugun murabbiyning rahbariyat bilan uchrashuvida qabul qilingan.
Inzagi «Inter»ni 2021 yil yozidan beri boshqarayotgandi. Uning qo‘l ostidan 6 ta sovrin yutdi — bir bor A Sermya, ikki marta Italiya kubogi va 3 marta mamlakat superkubogi. Shuningdek, jamoa so‘nggi uch yilda ikki marta YECHLda finalgacha yetib bordi.
Avvalroq Inzagi «Al Hilol» bosh murabbiyiga aylanishi xabar qilingandi.
Insayder Janluka Di Marsio yozishicha, milanliklar bosh murabbiylikka Fransesk Fabregas («Komo») yoki Roberto De Zerbini («Marsel») taklif qilishmoqchi.