Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

"Inter" bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi

"Inter" bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi

Simone Indzagi "Inter" klubi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi. Bu haqda "neradzurrilar"ning rasmiy sayti xabar berdi.

Tomonlar o‘zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qilishgan. Muttaxassis 2021 yildan beri jamoada ishlab kelayotgan edi. Ushbu davr mobaynida klub Italiya chempioni, ikki marta mamlakat Kubogi sohibi, uch marta Milliy Superkubok g‘olibi bo‘ldi, shuningdek, ikki marta jamoa bilan Chempionlar Ligasi finaligacha yetib bordi.

2024/2025 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, "Inter" A Seriya jadvalida 81 ochko to‘plab, ikkinchi o‘rinni egalladi. Jamoa Italiya Kubogi yarim finaligacha yetib bordi, mamlakat Superkubogi finalida "Milan"ga yutqazdi, Chempionlar Ligasi finalida esa "PSJ"ga mag‘lub bo‘ldi.

Kiritildi: 11:18 04.06.2025. O'qildi: 372 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!