Ikkinchi eng yengil vazndagi mutlaq chempion, yaponiyalik prof boks ustasi Naoya Inoue WBA yo‘nalishi bo‘yicha majburiy da’vogar Murodjon Ahmadaliyev bilan ehtimoliy jangga munosabat bildirdi.
Kecha The Ring nashri Inoue may oyidagi jangida g‘alaba qozongan taqdirda, sentyabr oyida Tokioda Murodjon Ahmadaliyev bilan bahs olib borishi haqida xabar tarqatgandi. Bokschining o‘zi bunga reaksiya bildirdi:
"Sentyabr oyida Ahmadaliyevga qarshi Yaponiyada jang qilishim kerak. Buni intiqlik bilan kutyapman. Chunki shunday kuchli raqiblarim bor ekan, o‘shandagina men o‘zimning eng yaxshi janglarimni ko‘rsataman va o‘zim ham borligini bilmagan kuchimni ko‘rsatishga intilaman. O‘ylaymanki, Ahmadaliyev aynan shunday saviyadagi jangchi. Bu jangda istalgan daqiqada o‘zimdan kutilmagan narsa ko‘rsatishimni kutaman", dedi 31 yoshli charm-qo‘lqop ustasi.