FIFA prezidenti Janni Infantino 2027 yilda tashkilot rahbari sifatida yangi muddatga nomzodini qo‘yishini tasdiqladi. Bu haqda Sky News nashri iqtibos keltirgan FIFA vakili ma’lum qildi.
«FIFA prezidenti aprel oyidayoq 2027 yilda qayta saylanish niyatida ekanini bildirgan. Albatta, hech narsa o‘zgargani yo‘q. Janob Infantino nomzodini qo‘yadi», — dedi tashkilot vakili.
Hozircha Infantinoning raqiblari yo‘q. U avvalroq o‘zining kelajagi haqidagi savollarga aniq javob berishdan qochgan edi. Polshada ayollar o‘rtasidagi U20 jahon chempionati ochilishidan oldin u kelajagi haqida «hali ko‘p gapirilishini», biroq «bugun buning kuni ham, joyi ham emasligini» aytgan.
Shu bilan birga, FIFA rahbari federasiyaning tijoriy va tadbirlar bilan bog‘liq aktivlarining 20 foizini Amerikaning Thrive Eternal fondiga 4,2 milliard dollarga sotish rejasi barbod bo‘lgani sababli bosim ostida qolmoqda. UYEFA tashkilotdagi ehtimoliy nomuvofiq boshqaruv bo‘yicha tekshiruv boshlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda, biroq hozircha rasmiy ayblovlar ilgari surilmagan.
Infantino qonunbuzarlik sodir etganini rad etmoqda. FIFA esa, o‘z navbatida, AQSh rasmiylariga murojaat qilib, UYEFAni «obro‘sizlantirish kampaniyasi» olib borayotganlikda aybladi.