Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Inyesta Messini eng sevimli 5 futbolchisi qatoriga qo‘shmadi

Inyesta Messini eng sevimli 5 futbolchisi qatoriga qo‘shmadi

Ispaniya terma jamoasi va «Barselona»ning sobiq futbolchisi Andres Inyesta o‘zining barcha davrlardagi beshta sevimli futbolchisini ma’lum qildi.

Sportskeeda xabariga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar»ning sobiq yarim himoyachisi Xosep Gvardiola, Xavi, David Silva, Santi Kasorla va Mikael Laudrupni tanlagan.

Andres Inyesta 1996 yildan 2018 yilgacha «Barselona» tizimida bo‘lib, asosiy jamoa safida 674 ta uchrashuv o‘tkazgan, 57 ta gol urgan va 136 ta golli uzatma amalga oshirgan. Shuningdek, u Yaponiyaning «Vissel Kobe» jamoasida ham to‘p tepib, 134 ta o‘yinda 26 ta gol va 25 ta assist qayd etgan. Inyestaning so‘nggi klubi BAAning «Emireyts» jamoasi bo‘lib, u yerda 23 ta o‘yinda 5 ta gol urgan.

Ispaniya terma jamoasi tarkibida Inyesta ikki marta Yevropa chempioni va Jahon chempioni bo‘lgan.

Kiritildi: 12:46 26.02.2025. O'qildi: 1671 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!