Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Indoneziyalik futbolchi gol nishonlash vaqtida 3 metrlik chuqurga tushib ketdi

A A A
Indoneziyalik futbolchi gol nishonlash vaqtida 3 metrlik chuqurga tushib ketdi

Indoneziya o‘smirlar terma jamoasi futbolchisi Mirzula Firjatulloh Tojikiston jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida golini nishonlayotib, stadiondagi uch metrlik chuqurlikka yiqilib tushdi.

O‘yin 12 avgust seshanba kuni Indoneziyaning Deliserdang shahrida bo‘lib o‘tdi va 2:2 hisobida yakunlandi. 16 yoshli Firjatulloh 34-daqiqada gol urdi, so‘ngra hayajondan muxlislari tomon yugurdi-yu, maydon bilan tribunalar orasidagi chuqurlikka tushib ketdi. Biroq, bu hodisadan keyin Firjatulloh o‘yinni davom ettira oldi va 59-daqiqada almashtirildi.

Keyinroq Indoneziya terma jamoasi bosh murabbiyi Novu Arianto futbolchining oddiy mushak tortishishini boshdan kechirganini va hozirda ahvoli yaxshi ekanligini ma’lum qildi.

Kiritildi: 08:57 15.08.2025. O'qildi: 1164 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!