Bugun 25 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

Indoneziyada ko‘chki oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, 82 kishi bedarak yo‘qoldi

Indoneziyada ko‘chki oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, 82 kishi bedarak yo‘qoldi

Indoneziya g‘arbida yuz bergan ko‘chki oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, 82 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda mamlakat tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish milliy agentligiga asoslanib Xitoy markaziy televideniyesi (CCTV) xabar berdi.

G‘arbiy Bandung mintaqasida joylashgan G‘arbiy Yava provinsiyasida kuchli yomg‘irdan keyin sodir bo‘lgan loy ko‘chkisi kichik aholi maskanini butunlay vayron qilgan. «Bedarak yo‘qolganlar juda ko‘p, qidiruv-qutqaruv ishlarini yanayam jadallashtirishga harakat qilamiz», — dedi vazirlik vakili Abdul Muhari.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yil dekabrida Markaziy Yavada yuz bergan ikkita ko‘chki oqibatida 30 kishi halok bo‘lgan, 40 kishi bedarak yo‘qolgan. 2 dekabr kuni suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida 753 kishi halok bo‘lgani, 526 kishi bedarak yo‘qolgani mamlakat rasmiylari tomonidan ma’lum qilindi.

Kiritildi: 20:44 24.01.2026. O'qildi: 187 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!