Indoneziya qirg‘oqlarida 6,0 magnitudali zilzila qayd etildi.
Bu haqda Yevropa-O‘rta yer dengizi seysmologiya markazi xabar berdi.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, episentr yirik Gorontalo shahridan 155 km janubi-g‘arbda joylashgan. O‘choq 109 km chuqurlikda joylashgan.
Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot berilmagan. Sunami xavfi e’lon qilinmadi.