Bugun 19 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Ilon Mask vagonda yashayaptimi?

Ilon Mask vagonda yashayaptimi?

Amerikalik tadbirkor va milliarder Ilon Mask hozirda Tennessi shtatining Memfis shahrida, o‘zining xAI kompaniyasiga tegishli ma’lumotlar markazi qurilishi yonidagi Airstream vagonida yashayotganini aytdi. Bu haqda Bild xabar berdi.

“Men hozir Memfisda o‘zim yashayotgan qasr, ya’ni Airstream vagonidan aloqaga chiqyapman”, deya hazillashdi Mask All-in Podcast efirida.

Bu ko‘rsatuvning yana bir ishtirokchisi, SpaceX raisi Gvinn Shotvell ham fikr bildirdi. U Ilon Mask fabrikada polda uxlayotgani hamda Memfisda binolar qurilishiga yordam berayotganini ta’kidladi.

Mask u yerda xAI kompaniyasining sun’iy intellekt tizimlarini, jumladan, Grok chatbotini o‘qitish va ishlatish uchun mo‘ljallangan Colossus majmuasini kengaytirish jarayonida bo‘lib turibdi. xAI Memfisdagi bu markazda sun’iy intellektni o‘qituvchi serverlar va kompyuterlar sonini ko‘paytirmoqda. Tizimning bir qismi esa ijara shartnomalari asosida Google va Anthropic kompaniyalariga foydalanishga berilgan.

Loyiha ustida jiddiy ishlayotgan vaqtida ishlab chiqarish yonida yashash Mask uchun birinchi marta emas. U ilgari ham Tesla zavodlarida hamda o‘z kompaniyalarining idoralarida tunab qolganini aytgan edi.

Kiritildi: 23:05 18.09.2026. O'qildi: 799 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!