Bugun 18 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Ilon Mask respublikachilarni qo‘llab-quvvatlash uchun 158 million dollar xayriya qildi

Ilon Mask respublikachilarni qo‘llab-quvvatlash uchun 158 million dollar xayriya qildi

Milliarder Ilon Mask AQSh Senatidagi respublikachilarni qo‘llab-quvvatlovchi asosiy Super PAC siyosiy qo‘mitasiga 158 million dollar xayriya qildi, deb xabar beradi CBS News.

Ilon Mask 9 sentyabrda Senate Leadership Fund PAC jamg‘armasiga 75 million dollar, ikki haftadan keyin esa yana 83 million dollar o‘tkazgan. Shu tariqa, uning ushbu ikki yirik xayriyasi joriy yilning uchinchi choragida siyosiy qo‘mitaga kelib tushgan barcha mablag‘larning yarmidan ko‘pini tashkil etdi.

Mablag‘lar Texas shtatidagi Senat saylovlarida respublikachilar nomzodi Ken Pakstonni qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan Texas PAC jamg‘armasiga yo‘naltirildi. Pakston Senatdagi o‘rin uchun Demokratik partiya nomzodi Jeyms Talariko bilan raqobatlashmoqda.

Jeyms Talariko Texas shtatida so‘nggi 30 yildan ortiq vaqt ichida g‘alaba qozongan birinchi demokrat bo‘lishi mumkin. So‘rovnomalar natijalariga ko‘ra, u o‘z raqibidan oldinda bormoqda. Agar Pakston mag‘lubiyatga uchrasa, respublikachilar uchun Senatdagi ustunlikni saqlab qolish yanada qiyinlashadi.

Kiritildi: 23:51 17.10.2026. O'qildi: 249 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!