Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Ilgari o‘g‘irlab ketilgan 44 nafar maktab o‘quvchisi va o‘qituvchisi ozod qilindi

Ilgari o‘g‘irlab ketilgan 44 nafar maktab o‘quvchisi va o‘qituvchisi ozod qilindi

Nigeriyaning janubi-g‘arbiy shtati Oyo shtatida ikki oy oldin o‘g‘irlab ketilgan qirq to‘rt nafar maktab o‘quvchisi va o‘qituvchi ozod qilindi.

Bu haqda Punch nashri Nigeriya armiyasining bayonotiga tayanib xabar berdi.

Qutqaruv operasiyasida harbiylar, polisiya va xavfsizlik kuchlari ishtirok etdi. Sakkiz nafar odam o‘g‘irlashda gumon qilinayotganlar hibsga olindi va guruhning yana bir qancha a’zolari o‘ldirildi.

Punch nashrining yozishicha, 15 may kuni 39 nafar talaba va yetti nafar o‘qituvchi o‘g‘irlab ketilgan. Bir o‘qituvchi hujum paytida halok bo‘lgan, yana biri esa asirlikda bo‘lganida o‘g‘irlab ketuvchilar tomonidan o‘ldirilgan.

Ozod qilingan talabalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda va keyin oilalari bilan birlashish uchun shtat organlariga topshiriladi.

Kiritildi: 10:11 12.07.2026. O'qildi: 1735 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!