Ikkinchi ayolining 11 yashar qizini zo‘rlagan erkakka jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi.
Qayd etilishicha, bloger niqobi ostidagi 5 nafar farzandli ota qonuniy xotini bo‘la turib, boshqa bir erkak bilan rasmiy nikohi bekor qilinmagan ayolni o‘ziga ikkinchi xotin qilib olgan. Shu bilan ham qoniqmay, ikkinchi xotinining voyaga yetmagan (11 yashar) qizini ham muntazam zo‘rlab kelgan.
Bugun.uz saytining yozishicha, u Militsiya_TV telegram kanali admini Abror Kozibayev bo‘lgan.
Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jinsiy jinoyat sodir etgan 31 yashar Abror Kozibayev rad etib bo‘lmas dalillar bilan qo‘lga olinib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi (Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan qondirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.