Ikki qizga mo‘may daromad va’da qilib, aldov yo‘li bilan Turkiyaga jo‘natayotgan shaxs xalqaro Toshkent xalqaro aeroportida qo‘lga olindi.
Ma’lum qilinishicha, Nurafshon shahrida yashovchi 1999 y.t. ayol (N.K.) oson pul topish maqsadida, Bekobod shahri va O‘rta Chirchiq tumanida yashovchi 21 yoshli ikki nafar qiz(S.T. va M.M.)ni aldab, mo‘may daromad topishga ishontirgan. Ularni Toshkent xalqaro aeroporti orqali Turkiyaning Istanbul shahriga fohishalik uchun jo‘natayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi.
Hozirda ushlangan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 135-moddasi (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, odam savdosi jinoyatini sodir qilganlar 5-yilgacha ozodlikni cheklash yoki 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.