Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi (CAFA) vakili Rossiya terma jamoasining 2027 yilda bo‘lib o‘tadigan CAFA Nation's Cup'da ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi.
Avvalroq RFI ikki marta CAFA norasmiy turnirlarida ishtirok etishdan bosh tortgan edi.
"Biz RFI bilan iliq munosabatlarga va hamkorlikka egamiz, shuning uchun turnirimizda ishtirok etishdan manfaatdor bo‘lgan barcha jamoalar uchun eshiklar doimo ochiq," - deya ta’kidladi CAFA matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yildan boshlab Rossiya klublari va terma jamoalari xalqaro turnirlarda ishtirok etishdan chetlatilgan. O‘shandan buyon Valeriy Karpin shogirdlari faqat o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazib kelmoqda. Jamoa keyingi o‘yinlarini mart oyida o‘tkazishi mumkin.