<euey AOKAda Prezident, ijod va ixtisoslashgan maktablarni rivojlantirish agentligi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida ushbu masala yuzasidan ma’lumot berildi:
«Ijod maktablarida nafaqat adabiyot, balki tarjimonlik, jurnalistika, zamonaviy medianing SMM sohasi bo‘yicha ham bilim berish yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, chet tillari, xususan ingliz tili, nemis va fransuz tillari ham chuqurlashtirilgan dastur asosida tez va oson o‘rgatiladi.
Shu bilan birga, endilikda ijod maktabi o‘quvchilari eski o‘zbek yozuvi hamda notiqlik san’ati bo‘yicha ham bilim olishadi.
Mazkur maktablarda o‘quvchi davlat ta’lim standartlari doirasida fundamental bilim, malaka va ko‘nikmaga ega bo‘ladi hamda o‘z qiziqish va layoqatiga ko‘ra ta’limni oliy o‘quv yurtlarida davom ettirishi mumkin.
Shuningdek, ijod maktablarida ijodkorlikka iqtidori yuqori bo‘lgan yoshlarga chet tillarni va adabiyotni chuqurlashtirib o‘qitish orqali bo‘lajak til tadqiqotchilari, matnshunoslar, tarjimonlar, jurnalistlar, media mutaxassislari hamda she’riyat, nasr, dramaturgiya, publisistika yo‘nalishlarida ijod qilish asosini egallab, ulardan birida ijodiy mashq qila olishlari rag‘batlantiriladi».