Bugun 28 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

Ifloslangan havo kutilganidan uzoqroq saqlanib turadi

Ifloslangan havo kutilganidan uzoqroq  saqlanib turadi

O‘zbekiston hududi bo‘ylab sovuq antisiklon ta’siri 5 dekabrga qadar saqlanib turadi.

29 noyabrdan boshlab sovuq antisiklon ta’siri yanada kuchayishi kutilmoqda, bu esa atmosfera bosimining ko‘tarilishiga va havo haroratining pasayishiga olib keladi, ya’ni kechalari sovuq, kunduzi kuchsiz iliq kuzatiladi. Sovuq antisiklonga xos bo‘lgan ertalabki tuman bo‘lishi mumkin.

Yuqori bosimli maydon kelgusi 10 kun davomida saqlanib turishi prognoz qilinmoqda.

O‘zgidromet avvalroq inversiya 29 noyabrgacha davom etishi haqida xabar bergan edi. Biroq, sinoptik tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, sovuq antisiklon davom etishi fonida inversiya hodisalari kutilganidan uzoqroq davom etadi (https://t.me/uzgydromet/19116?single).

Uzoq muddatli inversiya chang, tutun va mayda zarrachalar (PM) konsentrasiyasining oshishiga, shuningdek, quyuq tuman xodisalari sodir bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Infografikalardagi 28 noyabrdan keyingi ma’lumotlar prognoz xususiyatiga ega.

Kiritildi: Bugun 17:10. O'qildi: 375 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!