Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba

КИР

Husanovning “Nyukasl”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

Husanovning “Nyukasl”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Angliya Premyer Ligasining 27-turidan o‘rin olgan “Manchester Siti” — “Nyukasl” uchrashuvining(2:1) ikkinchi bo‘limida Ruben Diashning o‘rniga maydonga tushdi.

Uchrashuv davomida Husanov 31 marta to‘p bilan muomala qildi. Himoyachi jami 27 ta uzatma amalga oshirgan bo‘lib, ularning 25 tasi aniq manzilga yetib bordi — 93 foiz aniqlik. Sofascore portali o‘zbekistonlik futbolchining harakatlarini 7,0 ball bilan baholadi. Bu “shaharliklar” himoya chizig‘ida harakat qilgan futbolchilar ichidagi eng yaxshi ikkinchi ko‘rsatkich hisoblanadi.

Abduqodir Husanovning himoyadagi harakatlari:

Himoyaviy harakatlar: 4 marta;
To‘pni olib qo‘yish: 2 marta (1 tasi muvaffaqiyatli);
Xavfni bartaraf etish: 1 marta;
Zarbani to‘sib qolish: 1 marta;
To‘pni qaytarib olish: 5 marta;
Erdagi kurashlar: 5 marta (3 tasi muvaffaqiyatli);
Havodagi kurashlar: 1 marta.

“Manchester Siti”ning har ikki goliga mualliflik qilgan Niko O’Rayli o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi — 8,7 ball. Nikoning 14 hamda 27-daqiqalarda kiritgan gollari “shaharliklar”ga muhim 3 ochko taqidim etdi. Yarim himoyachi Rodri esa 8,6 ball bilan o‘yinning eng yaxshi ikkinchi futbolchisi bo‘ldi.

Husanovning “Nyukasl”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

Husanovning “Nyukasl”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

“Nyukasl” safida uch nafar futbolchi eng yaxshisi bo‘ldi — darvozabon Nik Pop, himoyachi Malik Tiav hamda yarim himoyachi Jakob Remzi. Sofascore portali barcha futbolchining harakatlarini 7,3 ball bilan baholgan. Mehmonlarning yagona gol muallifi Lyuis Hollning o‘yini esa 7,1 ballga loyiq ko‘rilgan.

Kiritildi: Bugun 12:25. O'qildi: 345 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!