«Manchester Siti» yozda markaziy himoyachi sotib olmoqchi.
«Shaharliklar» «Arsenal»ning asosiy himoyachisi Vilyam Saliba bilan shartnoma imzolamoqchi. Manchesterliklar ustozi Pep Gvardiola Fransiyalik himoyachini o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda. Saliba uchun kurashda «Real Madrid» ham jiddiy harakat qilmoqda. Shuningdek, «Arsenal»ning o‘zi ham asosiy himoyachisi bilan xayrlashish niyatida emas. Himoyachini 100 million yevroga baholashmoqda.
Saliba «Arsenal» safida joriy mavsum barcha musobaqalarda 39 o‘yin o‘tkazib, 2 gol urishga muvaffaq bo‘ldi.