Bugun 10 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Husanov qaytdi: O‘zbekiston milliy jamoasining noyabr oyidagi o‘yinlar uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi

Husanov qaytdi: O‘zbekiston milliy jamoasining noyabr oyidagi o‘yinlar uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro noyabr oyidagi yig‘inga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, milliy jamoamiz Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadigan xalqaro o‘rtoqlik turnirida qatnashadi.

Musobaqada Jahon chempionati ishtirokchilari — O‘zbekiston, Eron, Misr va Kabo-Verde terma jamoalari ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, jamoamiz 10 noyabr kuni BAAga yo‘l oladi.

Yig‘inga taklif etilgan futbolchilar ro‘yxati quyidagicha:

Darvozabonlar: Abduvohid Ne’matov, Botirali Ergashev, Vladimir Nazarov.

Himoyachilar: Rustam Ashurmatov, Muhammadqodir Hamraliyev, Umar Eshmurodov, Abduqodir Husanov, Abdulla Abdullayev, Husniddin Aliqulov, Hojiakbar Alijonov, Farrux Sayfiyev, Sherzod Nasrullayev.

Yarimhimoyachilar: Odil Hamrobekov, Akmal Mozgovoy, Otabek Shukurov, Azizjon G‘aniyev, Aziz Turg‘unboyev, Jamshid Iskanderov, Hojimat Erkinov, Doston Hamdamov, Ruslan Jiyanov, Oston O‘runov, Sardorbek Bahromov.

Hujumchilar: Husayn Norchayev, Eldor Shomurodov, Igor Sergeev.

Bosh murabbiy: Fabio Kannavaro.

Husanov qaytdi: O‘zbekiston milliy jamoasining noyabr oyidagi o‘yinlar uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi

Kiritildi: 18:11 09.11.2025. O'qildi: 596 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!