Bugun 2 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Husanov «Manchester Siti»da Gvardiola bilan ishlash jarayoni haqida gapirdi

Husanov «Manchester Siti»da Gvardiola bilan ishlash jarayoni haqida gapirdi

«Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov Xosep Gvardiola qo‘l ostida ishlash borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Men Gvardioladan juda minnatdorman. U o‘yinning har bir detallarini tushuntirish uchun menga ko‘p vaqt ajratdi. Biz qadamma-qadam ishlayapmiz — u meni shoshirtirmayapti va menga vaqt kerakligini tushunmoqda», — deya Husanovning so‘zlarini keltirmoqda «Manchester Siti» rasmiy sayti.

Abduqodir Husanov 2025 yilda «Lans»dan «Manchester Siti»ga 40 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda himoyachi «shaharliklar» safida barcha musobaqalarda 29 ta o‘yinda maydonga tushdi, biroq hozircha samarali harakatlari bilan ajralib turgani yo‘q.

Kiritildi: 22:33 01.04.2026. O'qildi: 471 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!