Angliya Premyer-ligasi 22-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" uchrashuvi yakunlandi. Bahsda "qizil iblislar" 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Brayan Mbeumo va Patrik Dorgu tomonidan kiritilgan gollar mezbonlarga g‘alabani keltirdi - 2:0.
"Shaharliklar" safida hamyurtimiz Abduqodir Husanov to‘liq o‘yin o‘tkazdi.
"Manchester Yunayted" 35 ochko bilan 4-o‘ringa ko‘tarildi. "Manchester Siti" 43 ochko bilan 2-pog‘onada.
APL. 22-tur
17 yanvar, 17:30. Old Trafford (Manchester)
Manchester Yunayted - Manchester Siti - 2:0
Gollar: 65' 1:0 - Brayan Mbeumo (Brunu Fernandesh), 76' 2:0 - Patrik Dorgu (Mateus Kunya)
Man. Yunayted: Lammens, Shou (Xeven, 90), Martines, Maguayr, Dalot, Maynu, Kazemiru (Ugarte, 81), Dorgu, Brunu Fernandesh (Maunt, 90), Diallo, Mbemo (Kunya, 71)
Manchester Siti: Donnarumma, Ake, Alleyn (ORayli, 46), Abduqodir Husanov, Lyuis, Rodri, Doku (Ait Nuri, 80), Foden (Sherki, 46), Bernardu Silva (Reynders, 80), Semenyo, Xolann (Mukasa, 80)
Ogohlantirishlar: Dalot, 11. Shou, 17 - Rodri, 45. ORayli, 48. Lyuis, 75