Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi dushmanga bosim o‘tkazish vositasi sifatida davom ettirilishi kerak — Mujtabo Xominaiy.
Eron davlat televideniyesi mamlakat oliy rahbari Mujtabo Xominaiyning murojaatini o‘qib eshittirdi. Mujtabo murojaatida xalqni birdamlikka chaqirdi.
Eron oliy rahbari, shuningdek, Tehron Minobdagi maktabga hujum oqibatida halok bo‘lganlar va "shahidlarning qoni" uchun qasos olishdan voz kechmasligini bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarning mintaqadagi barcha harbiy bazalari darhol yopilishi kerak, aks holda ularga hujumlar davom ettiriladi.
"Biz qo‘shni davlatlar bilan do‘stona munosabatlar davom etishiga ishonamiz va faqat AQSh bazalarini nishonga olamiz. Har qanday holatda ham dushmandan tovon olamiz. Agar kompensasiya berilmasa, dushman mulkining shunga teng miqdorini yo‘q qilamiz", — deyiladi Xominaiyning murojaatda.