Bugun 27 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

HUMO SMS-xabarnomalar narxi o‘zgarishsiz qoldirdi

HUMO SMS-xabarnomalar narxi o‘zgarishsiz qoldirdi

HUMO to‘lov tizimining rasmiy bayonotiga ko‘ra, joriy yilning 27 aprel kuni HUMO to‘lov tizimi mijozlardan kelib tushgan ko‘plab murojaatlarni inobatga olgan holda, «Octotelecom» kompaniyasiga tariflarni saqlab qolish taklifini kiritdi. Ikki tomonlama o‘tkazilgan tahlillar va kelishuvga asosan, tranzaksiyalar (kartaga tushgan va yechilgan pullar) to‘g‘risidagi xabarnomalar narxini oshirmaslik qarori qabul qilindi. Natijada, 1 maydan boshlab bitta kiruvchi SMS narxi 84,2 so‘mligicha qoladi.

Shuningdek, tizimdagi texnik qoidalarga muvofiq, to‘lovlarni tasdiqlovchi bir martalik parollar (OTP-kodlar) 13131 raqami orqali faqat abonentning mobil raqami balansida musbat mablag‘ (pul) bo‘lgandagina yetkazib beriladi. Mazkur xizmatni o‘chirishni istagan foydalanuvchilar 13131 raqamiga «STOP» so‘zini yuborishlari mumkinligi qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 24 aprel kuni «Octotelecom» kontent-provayderi 1 maydan boshlab HUMO kartalari uchun SMS-xabarlar narxini 84,2 so‘mdan 168,4 so‘mgacha oshirishini e’lon qilgan edi. Provayder buni infratuzilmani texnik qo‘llab-quvvatlash, xavfsizlik dasturlarini ishlab chiqish hamda energiya resurslari xarajatlarining oshishi bilan izohlagan.

Kiritildi: Bugun 13:55. O'qildi: 358 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!