Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

HUMO Air bilan O‘zbekiston bo‘ylab manzillar yaqin, sayohatlar unutilmas!

HUMO Air bilan O‘zbekiston bo‘ylab manzillar yaqin, sayohatlar unutilmas!

Kompaniya O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga sayohat qilish uchun bir qator chek-listlarni taqdim etdi.

Hamma sayyoh bo‘lishni, chet davlatlarga sayohat qilishni orzu qiladi, lekin O‘zbekistonning qancha ajoyib joylariga hali bormaganligingizni bilasizmi? O‘z yurtingizni yanada yaqinroq bilish vaqti keldi.

Birgina 2023 yilning o‘zida 7 millionga yaqin sayyoh tashrif buyurgan O‘zbekistonning qadimiy shaharlari bo‘ylab sizni hayajonli sayohatlar kutmoqda, bu shaharlarga mamlakatning birinchi arzon loukosteri HUMO Air orqali oson va arzon yetib borish mumkin.

Ibn Battuta yozganidek: «Sayohat sizni tilsiz qoldiradi va keyin ajoyib hikoyachiga aylantiradi». Siz nafaqat yaxshi sayohatchi, balki Vatanimizning ajoyib go‘shalari haqida hikoya qiluvchi bo‘lishingiz uchun biz HUMO Air'ning eng mashhur yo‘nalishlariga sayyohlar uchun bir qator chek-listlarni tayyorladik. Do‘stlaringiz yoki oilangiz bilan ushbu maskanlarning go‘zalligini o‘rganishni tavsiya qilamiz. Yaqinlaringiz bilan yorqin xotiralar yarating!

Sarguzashtlarga boy sayohat unutilmaydi!

Samarqand bo‘yicha chek-list bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Samarqand — afsona va ertak shahar. U tarixan Afina, Rim, Konstantinopol bilan tengdosh. «Men Samarqand haqida eshitganlarimning hammasi, albatta haqiqat! Faqat bitta narsa: u men tasavvur qilganimdan ham chiroyliroq bo‘lib chiqdi». Bu dunyoni zabt etgan Aleksandr Makedonskiyning so‘zlari. Ishonavering, siz ham afsonaviy Samarqand haqida hali to‘liq bilmaysiz. Registon maydoni, Gur Amir maqbarasi, Bibixonim masjidi bo‘ylab sayohatdan bahramand bo‘ling, sharqiy Siyob bozori bo‘ylab sayr qiling. Barcha diqqatga sazovor joylar bir-biriga yaqin masofada joylashgan, yo‘lga ko‘p vaqt sarflamaysiz.

Buxoro uchun chek-list bu yerda.

Ko‘plab xorijiy sayyohlarning orzusi bo‘lgan Buxoroni ko‘rish, nahot sizning sayohat rejangizda bo‘lmasa? Sayohat chemodaningizni tayyorlang, YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan, islom madaniyati markazi bo‘lgan bu shaharga birgalikda yo‘l olamiz.

Bir vaqtlar Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan qadim shaharning Poi-Kalon me’moriy yodgorligi, Ark qal’asi, Somoniylar maqbarasi, Chashmai Ayub maqbarasi, Magaki-Attari masjidi, Miri-Arab madrasasi, Labi-hovuz ansambli… Buxoroga tashrif buyurib haqiqiy tarixni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishingiz mumkin.

Termiz bo‘yicha chek-list bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Surxondaryo viloyatining eng janubiy shahri va ma’muriy markazi – Termiz shahri hisoblanadi. Bu shaharda va uning atrofida turli xil dinlar – otashparastlik, nestorianlik, buddaviylik va islom dinlari bilan bog‘liq juda ko‘p diqqatga sazovor joylar saqlangan. Shaharda bugunga qadar buddaviylarga tegishli bo‘lgan binolar, shahar muzeyida esa o‘sha davr diniga tegishli bo‘lgan ko‘plab qazilmalar mavjud. Ming yillik tarixi davomida shahar Axomaniylar, Aleksandr Makedonskiy, Kushon qirolligi kabi mashhur sulolalar hukmronligi ostida bo‘lgan. «Qirq qiz» qal’asi sayyohlar uchun eng sevimli joylardan biri, chunki bu yerda betakror fotosuratlarni olish mumkin. Qadimiy Termiz tarixi qiziqmi? Siz qilishingiz kerak bo‘lgan yagona narsa – HUMO Air'dan chipta olish va Siz Termizdasiz!

Qarshi shahri bo‘ylab sayohat qilish uchun chek-list bilan bu yerda tanishasiz.

O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilayotganingizda Qarshini o‘z gastronomik xaritangizdan chiqarib tashlamang. Bu yerda eng ajoyib va mashhur taomlardan bo‘lgan, qadimgi zamonlardan bizgacha yetib kelgan reseptlar asosida tayyorlanadigan zira bilan pishirilgan qo‘y go‘shti — tandir go‘sht ushbu maskanga sayohat qilishingizga arzirli sabablardan biridir. Bundan tashqari boy tarixiy obidalari, uzoq o‘tmishga ega tarixi va hunarmandchiligi barcha sayyohni o‘ziga maftun etmay qolmaydi.

Xiva va Urganch bo‘yicha chek-list bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Qadimiy Xiva va Urganch shahrining yanada go‘zal va maftunkor manzilgohlari, madrasa, maqbara, minora va zamonaviy majmualarini tomosha qilish orqali tarix nafasini his qilib, katta taassurotga ega bo‘ling. Juma masjid, Shayx Muxtor Valiy Maqbarasi, Pahlavon Mahmud maqbarasi va boshqa noyob inshootlari Sizni hayratlantirmay qo‘ymaydi. Xivada hamma narsa o‘zgacha ko‘rinadi – oshxona, odamlar, nutq, hatto me’morchilik ham. Deyarli hamma narsa asl shaklida saqlanib qolgan. Ko‘chalar tosh bilan qoplangan. Shaxmat donalari kabi minoralar, madrasa gumbazlari va masjidlari har tomondan ko‘rinib turadi. Hatto zamonaviy binolar ham qadimgi ko‘rinishda bezatilib qurilgan.

Nukus bo‘yicha chek-list bu yerda.

Amir Temur nomidagi shahar bog‘i, Do‘stlik xiyoboni va bosh maydoni, Berdax milliy muzeyini ko‘rishni, Qoraqalpog‘iston xalq amaliy san’ati namunalari, qamish-nay, qamishdan yasalgan duduk kabi an’anaviy cholg‘u asboblari orqali o‘zingizni musiqada sinab ko‘rish va sayohatning eng «mazali» qismi bo‘lgan mehmondo‘st qoraqalpoqliklarning milliy taomlaridan tatib ko‘rishni istaysizmi? HUMO Air aviakompaniyasi Toshkentdan Nukusga qulay va hamyonbop parvozlar imkoniyatini ham taqdim etadi. Shuningdek, Igor Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi 1970 yildan buyon AQSH, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Rossiya va boshqa xorijiy mamlakatlardagi ko‘rgazmalarda noyob eksponatlari bilan ishtirok etib kelmoqda. Ko‘plab xorijiy sayyohlarni Nukusga chorlaydigan ushbu muzey sizning sayohat ro‘yxatingizda bo‘lmasligi mumkin emas. Axir siz ham bu muzeyni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rib, nega xorijliklarning bu yerga oshiqishiga guvoh bo‘lishingiz kerak.

Qo‘qon bo‘ylab sayohat qilishi uchun chek-list bilan bu yerda tanishasiz.

Farg‘ona vodiysi — atrofi yam-yashil tabiat manzaralariga ega, go‘zal tog‘lar bilan o‘ralgan hudud O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda jahonga mashhur hunarmandchilik markazidir. Buyuk Ipak yo‘li tarixida qadimiy Qo‘qon va Farg‘ona shaharlari, kichik shaharcha va qishloqlar muhim o‘rin tutgan. Marg‘ilon o‘zining rang-barang ikat naqshlarida tabiiy ipak ishlab chiqarish an’analari bilan, Rishton bo‘yalgan kulolchilik va kulolchilik ustaxonalaridagi noyob yorqin durdonalari bilan mashhur. HUMO Air qanotida Farg‘onaga sayohat qiling.

Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha 159 000 so‘mdan boshlanadigan chiptalarni hoziroq flyhumo.com sayti orqali sotib oling. Sayohatlarda ko‘rishguncha!

Ma’lumot o‘rnida eslatib o‘tamiz, loukoster deganda kam budjetli aviakompaniya tushuniladi. U kompaniya faoliyati bilan bog‘liq barcha omillarni optimallashtirish orqali chiptalarni arzon narxlarda sota olish imkoniyatiga ega bo‘lgan aviatashuvchidir.

Kiritildi: 15:07 31.01.2024. O'qildi: 1789 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!