Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Tashkilotga ko‘ra, Isroil tomonidan okkupasiya qilingan Falastinning G‘arbiy sohil hududidagi uchta qochqinlar lageridan o‘n minglab falastinliklar majburan ko‘chirib yuborilgan.
Human Rights Watch Xalqaro huquqni himoya qilish tashkiloti hisobotida 2025 yil yanvar–fevral oylaridagi voqealar tilga olinadi.
"Isroil Mudofaa armiyasining (SAXAL) “Temir devor” deb nomlangan operasiyasi paytida G‘arbiy sohildagi Jenin, Tulkarm va Nur-Shams aholisi zo‘rlik bilan ko‘chirilgan, yuzlab uylar vayron qilingan", deyiladi hisobotda.
Isroil hukumati esa bu operasiya “xavfsizlik tahdidlarini bartaraf etishga qaratilgani”ni ta’kidlamoqda.