Hududiy masala va Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari muzokaralardagi eng murakkab jihatlar bo‘lib qolmoqda, dedi AQSh davlat kotibi.
Marko Rubio Vashington Ukrainadagi mojaroni tartibga solishga katta miqdorda vaqt va kuch sarflayotganini hamda oldinga siljishga erishish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishda davom etishini ta’kidladi.
"Agar o‘tgan yilning shu davrida hal etilmagan masalalar ro‘yxatini hozir hamon yechimsiz qolayotgan masalalar ro‘yxati bilan taqqoslasak, Ukraina va Rossiya o‘rtasida tinchlik kelishuviga erishish nuqtai nazaridan bu masalalar sezilarli darajada qisqargan", —deya qo‘shimcha qildi Rubio.