Hormuz bo‘g‘ozi orqali harakatlanayotgan kema qanotli raketa zarbasiga uchradi.
Fars axborot agentligi xabar berishicha, bu haqda dastlabki ma’lumotlar guvohlik bermoqda.
«Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Hurmuz bo‘g‘ozida portlash sodir bo‘lgan. U kemalarga qarshi mo‘ljallangan qanotli raketaning uchirilishi natijasida yuz bergan», — deya BeamTracker Military OSINT xabarini keltirmoqda agentlik.
Eslatib o‘tamiz, Eron tomoni Hurmuz bo‘g‘ozida neft tashuvchi tankerlar dengiz minalarida portlaganini da’vo qilgan edi.
O‘z navbatida, Buyuk Britaniya Harbiy-dengiz kuchlari huzuridagi Dengiz savdo transporti harakatini muvofiqlashtirish markazi (UKMTO) kemalarga kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan snaryadlar bilan zarba berilganini ma’lum qilgan.