Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tayotgan kemaga raketa zarbasi berildi.
Bu haqda Buyuk Britaniya Dengiz Savdo Tashkiloti (UKMTO) e’lon qildi.
"Ekipajning ahvoli, yetkazilgan zarar miqdori va atrof-muhitga ta’siri hozircha noma’lum", deyiladi bayonotda. Hujumdan keyin kemada yong‘in sodir bo‘ldi.
Mahalliy hokimiyat organlari voqea joyida va ekipajni evakuasiya qilishda yordam bermoqda.
"Kemalarga rasmiylar tergov olib borayotgan bir paytda hududdan o‘tayotganda ehtiyot bo‘lish va har qanday shubhali faoliyat haqida UKMTOga xabar berish tavsiya etiladi", deyiladi bayonotda.