Bugun 30 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Hisorak suv omboridan Qarshi shahrigacha ichimlik suvi tarmog‘i tortiladi

Hisorak suv omboridan Qarshi shahrigacha ichimlik suvi tarmog‘i tortiladi

So‘nggi 8 yilda ajratilgan 1,7 trillion so‘m hisobidan viloyatda markazlashgan suv ta’minoti 32 foizdan 61 foizga chiqdi. Lekin, bu respublikada eng past ko‘rsatkich ekani ko‘rsatib o‘tildi.

Viloyatda suv va kanalizasiyani yaxshilashga bu yil 800 milliard so‘m ajratilgan. Mutasaddilarga buning hisobiga 183 kilometr suv va kanalizasiya tarmog‘i, 8 ta suv inshooti qurilishini yakunlash topshirildi.

Qarshi shahri kanalizasiya tizimini yaxshilash ishlarini ham shu oyda boshlash shartligi qayd etildi. Bunga xalqaro moliya institutidan 60 million dollar jalb qilingan.

Qarshi shahrida suv ta’minoti 97 foiz bo‘lsada, suv olib boradigan 110 kilometrli magistral quvurning yarmidan ko‘pi eskirgan, suv yo‘qotish yuqori.

“Shu bois, qanchalik qiyin bo‘lmasin, Hisorak suv omboridan Qarshi shahrigacha ichimlik suvi tarmog‘i tortishimiz kerak”, – dedi Prezident.

Mutasaddilarga ushbu loyihani amalga oshirish bo‘yicha taklif kiritish topshirildi.

Kiritildi: 15:20 20.06.2025. O'qildi: 908 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!