Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Hindistonda yo‘l-transport hodisalari oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi, 19 kishi jarohatlandi

A A A
Hindistonda yo‘l-transport hodisalari oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi, 19 kishi jarohatlandi

Hindiston shimolida 10 iyul kuni ertalab avtobusning sut tashuvchi tanker bilan to‘qnashib ketishi oqibatida kamida 18 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters.

Hodisa Dehlidan 500 kilometr janubi-sharqda, Uttar-Pradesh shtatining Unnao tumanidagi tezyurar yo‘lda sodir bo‘ldi. Kamida 19 kishi jarohatlangan, dedi tuman polisiyasi boshlig‘i Arvind Chaurasia.

Avtobus sharqiy Bihar shtatidan Nyu-Dehliga ketayotgan edi. Polisiya hali ham avtobusdagi yo‘lovchilar sonini tekshirmoqda.

«Jarohatlangan yo‘lovchilar bizga avtobus haydovchisi ehtiyotsizlik bilan harakatlanayotganini aytishdi. Hodisa katta yo‘lda sut tashuvchi tankerga borib urilganida sodir bo‘lgan», — dedi Chaurasia.

Kiritildi: 19:18 10.07.2024. O'qildi: 1380 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!