Mamlakatda NEET tibbiyot imtihoni materiallari tarqalib ketgani sababli messenjerga kirish vaqtincha cheklandi, deb xabar bermoqda Reuters.
Ushbu holat imtihonni bekor qilish va uni qayta o‘tkazish uchun yangi sana belgilashga sabab bo‘lgan.
Qaror mamlakat Ta’lim vazirligi tomonidan Axborot texnologiyalari to‘g‘risidagi qonun asosida qabul qilingan. Cheklov qayta imtihon o‘tkazilgunga qadar amal qiladi.
Hukumat qayta imtihonni 21 iyunga belgiladi. Bu chora "firibgar guruhlar tomonidan 2026 yil 21 iyunga rejalashtirilgan NEET 2026 qayta imtihonini topshiradigan nomzodlarni aldash uchun platformadan uyushgan holda foydalanishga javoban" qabul qilindi, dedi Ta’lim vazirligi Milliy test agentligi.