Hindistonning shimoliy va shimoli-sharqida suv toshqinlari, ko‘chkilar va kuchli yomg‘irlar natijasida kamida 25 kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda The Independent nashri xabar bermoqda.
Qutqaruv guruhlari ko‘chki ostida qolgan deb taxmin qilingan odamlarni qidirmoqda. Qurbonlar soni ortishi kutilmoqda.
Sinoptiklar kuchli yog‘ingarchilikning yanada kuchayishi haqida ogohlantirishdi.