Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Hindistonda poyezd 12 kishini bosib ketdi

Hindistonda poyezd 12 kishini bosib ketdi

Hindiston g‘arbidagi Maxarashtra shtatida poyezdda yong‘in sodir bo‘lgani haqidagi mish-mish yo‘lovchilar orasida vahima uyg‘otdi, ulardan 12 nafari vagonlaridan shoshib chiqib ketayotgan paytda yonma-yon ketayotgan boshqa poyezd tufayli halok bo‘ldi.

Bu haqda mahalliy ma’muriyat ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Mumbaydan 400 km uzoqlikda sodir bo‘lgan.

"Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, "Pushpak Express" vagonlaridan birining ichida uchqun paydo bo‘lgan va ba’zi yo‘lovchilar vahimaga tushgan. Ular avariyaviy to‘xtash zanjirini tortib olishgan, ba’zilari esa relsga otilib chiqishgan. O‘sha paytda Karnataka Express qo‘shni yo‘l bo‘ylab o‘tayogan bo‘lgan" - dedi ma’muriyat.

Voqea joyiga favqulodda qutqaruv poyezdi jo‘natildi. Jalgaon polisiyasi matbuot kotibi Maheshvar Reddining jurnalistlarga aytishicha, poyezd g‘ildiraklari ostida 12 kishi halok bo‘lgan, yana bir necha kishi jarohatlangan.

Kiritildi: 23:08 22.01.2025. O'qildi: 1117 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!