Gujarat shtatining Banaskanta tumanidagi Disa shahri chekkasidagi petardalar omborida yuz bergan portlash oqibatida kamida 21 kishi, jumladan, yetti bola halok bo‘ldi, olti nafari yaralandi, deb xabar beradi The Indian Express.
Voqea seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 9:30 atrofida yuz bergan. Polisiya tarqatgan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, petardalar noqonuniy ravishda saqlangan va sotilgan binoning qulashiga olib keldi.
O‘sha kuni ombor egalariga qasddan odam o‘ldirish aybi qo‘yilgan. Ish materiallariga ko‘ra, ular yong‘in o‘chirish moslamalarini o‘rnatmagan va katta miqdordagi pirotexnika vositalarini noqonuniy saqlashgan.
19 kishining shaxsi aniqlangan, deydi rasmiylar. Polisiya qurbonlar soni ortishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.